
Farzandingiz IT Park University talabasi bo‘ldimi? Unda sizni universitetimiz bilan yaqindan tanishishga taklif qilamiz!
Orientation Day davomida ota-onalar ITPU’dagi ta’lim jarayoni, o‘quv dasturlarining o‘ziga xos jihatlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.
Uchrashuvda akademik masalalar, o‘qish jarayonining tashkil etilishi, amaliy tajriba orttirish va kelajakdagi karyera imkoniyatlari haqida suhbatlashamiz.
Shuningdek, ota-onalar uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etiladi. Siz ITPU muhiti bilan tanishishingiz va o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo‘ladi.
📅 Sana: 17-oktabr
📍 Joy: IT Park University, 1-qavatdagi Showroom
🗣 Til: o‘zbek tili
🏫 Format: oflayn
Sizni ITPU’da kutib qolamiz! 🩵
We use cookies and analytics services to understand how the site is used and to make it better. Privacy policy.